Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat saytdan foydalanishda shaxsiy ma'lumotlar qanday yig'ilishi, ishlatilishi va saqlanishini tushuntiradi.
Yangilangan sana: 2026-11-06
Umumiy ma'lumot
Ushbu maxfiylik siyosati online-notarius.uz saytiga taalluqli. Saytdan foydalanib, siz ushbu siyosat shartlariga rozilik bildirasiz.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ariza formasi orqali ism, telefon raqami, xizmat turi, qulay sana va siz ixtiyoriy kiritgan qo'shimcha ma'lumotlar yig'iladi. Telegram bot orqali telefon raqami (contact) va Telegram profili (ism, username) olinishi mumkin. Sayt texnik ma'lumotlarni (brauzer turi, tashrif vaqti) avtomatik yig'ishi mumkin.
Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
Ma'lumotlar arizani ko'rib chiqish, siz bilan bog'lanish, xizmat ko'rsatish va murojaatingizga javob berish uchun ishlatiladi. Boshqa maqsadlarda ishlatilmaydi.
Ma'lumotlarni uzatish
Ariza formasi orqali kiritilgan ma'lumotlar Telegram bot orqali ofisga yuborilishi mumkin; ayrim hollarda matn qurilmangizda tayyorlanib, uni Telegram yoki SMS orqali o'zingiz yuborasiz. Telegram o'z maxfiylik siyosatiga muvofiq ishlaydi. AI maslahatchi rejimida yozgan xabarlaringiz javob tayyorlash uchun DeepSeek AI xizmatiga yuborilishi mumkin; hujjatlar hozircha AI'ga yuborilmaydi. Boshqa uchinchi shaxslarga ma'lumotlar faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda berilishi mumkin.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar xizmat ko'rsatish uchun zarur muddatda saqlanadi. Telegram bot orqali ulashilgan telefon raqami va yuborilgan hujjatlar ofisning yopiq Telegram guruhida saqlanadi. Ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun tashkiliy va texnik choralar ko'riladi.
Sizning huquqlaringiz
O'zingizga oid ma'lumotlarni olish, tuzatish yoki o'chirishni so'rash uchun biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Aloqa
Savollar uchun: +998 77 878 00 57.
O'zgarishlar
Siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Yangilangan sana saytda ko'rsatiladi.